Real Madrid muxlislari La Liga rahbariyatiga qarshi norozilik bildirishdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 27

Real Madrid muxlislari La Liga rahbariyatiga qarshi norozilik bildirishdi

"Real Madrid" muxlislar guruhi "Grada Fans" "Sevilya"ga qarshi o'yin davomida "Bu futbol emas. Bu Tebas va Negreyra" deb yozilgan bannerni ko'tarib chiqdi.

Bundan tashqari, o'yin vaqtida ba'zi "qaymoqranglilar" ishqibozlari quyidagi shiorlarni hayqirishdi: "Tebas, iste'foga chiq!", "Laporta, to'lashda davom et!", "Federatsiyada korrupsiya!", "Negreyra hali ham hakamlik qilmoqda!" va "Tebas, qo'lingni "Madrid"dan tort!"

DAZN xabariga ko'ra, "Sevilya"ga qarshi o'yinda hozir bo'lgan Marselo ham "Madrid" muxlislari bilan birgalikda "Federatsiyada korrupsiya!" deb hayqirdi.

Radio Marca jurnalisti Valentin: "Real Madrid" so'nggi paytlarda hakamlikdan aziyat chekmoqda. Ammo "Sevilya"ga qarshi bahsda, ehtimol, u jamoaga qo'l kelgandir. "Ehtimol" deyapman, chunki Gyulerning Peka bilan to'qnashuvi aks etgan aniq kadrlar yo'q. Agar vaziyat teskarisi bo'lganida, RMTV allaqachon "Tebas translyatsiyani nazorat qilmoqda, shuning uchun takroriy lavhalar yo'q" deb chiqqan bo'lardi. Va rostdan ham, bizga bu epizodning birorta ham takrorini ko'rsatishmagani juda g'alati! Agar RMTVda kadrlar yo'qligi qabul qilib bo'lmas holat deyishsa, o'z so'zlarimni qaytib olaman. Biroq, menimcha, bunday bo'lmaydi. Aynan shuning uchun u yerdagi ishlar mengcha yoqmaydi."
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!