Real Madrid o'yinida VAR hakami ma'lum bo'ldi
Real Madrid CF ↗ ●●●●● Umumiy 👁 25

Real Madrid o'yinida VAR hakami ma'lum bo'ldi

Rasman: Bugun VAR tizimida Kuadra Fernandes ishlaydi.

U Ispaniyaning eng mash'um hakamlaridan biri hisoblanadi. Hakamlar texnik qo'mitasi o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, barcha arbitrlar orasida eng past bahoni olgani uchun uni lavozimidan pasaytirgan edi. Endilikda 42 yoshli referi faqat VAR tizimida ishlashi mumkin. Biroq, bunday lavozim pasaytirishlari savollar tug'dirmoqda, chunki u ikkinchi ligaga o'tkazilmagan, aksincha, yuqori divizionda qolib, o'z harakatlari bilan jamoalarga zarar yetkazishda davom etmoqda.

Kuadra Fernandes kecha «Sporting» va «Albasete» o'rtasidagi o'yinda ishlagani, bugun esa «Real» o'yiniga tayinlangani ham kishida savollar uyg'otadi.

«Madrid»ning Kuadra bosh hakam sifatida ishlagan 21 ta o'yinida jamoa naq 8 marta ochko yo'qotgan (5 mag'lubiyat, 3 durang).

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!