RMTV boshlovchisi: "La Liga rahbariyati "Madrid" raqiblariga maydonga to'pponcha bilan chiqishga ruxsat berishi qoldi, xolos. Bunday hakamlikdan keyin futbol haqida gaplashishning umuman ma'nosi yo'q.
"Madrid"ga nisbatan boshqa standartlar qo'llanilmoqda. "Madrid"ga raqobat qilish imkonini berishmayapti — bu Primera va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) rahbariyatining qarorlari. Bugungi hakamlikdan kelib chiqib aytish mumkinki, biz "Atletiko" futbolchisi Xausen chetlatilgani kabi fol uchun qizil kartochka olganiga shubha qilamiz.
Bo'layotgan voqealardan shunchaki ko'ngil ayniyapti. Ularga "Tebas La Ligasi" bo'ylab iflosliklar tarqalishi baribir. Ular barchasini ["Negreyra ishi"] yashirishga urinishdi, ammo endi buni uddalay olishmaydi. Bir necha hafta oldin bugungi hakam Ortis "Barselona" futbolchilari bilan hazillashgan va xususan Rafinyaga: "Menga mo'yloving yoqadi", deb aytgan edi.
Bellingem o'yindan so'ng: "Qanday hafsalasizlik! Bu ikkita qizil kartochka ["Atletiko" futbolchilari uchun]! Ikkita!"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!