Real Madrid Tenerifening marhum futbolchisi Xesus de Migel xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Real Madrid CF ↗ ●●●●● Umumiy 👁 21

Real Madrid Tenerifening marhum futbolchisi Xesus de Migel xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Bugungi mashg'ulotimiz bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. Bu «Tenerife» futbolchisi Xesus de Migel xotirasiga bag'ishlandi, u o'yin vaqtida darvozabon bilan to'qnashuv oqibatida vafot etdi.

Klubning rasmiy bayonoti:

«Real Madrid» futbol klubi, uning prezidenti va Direktorlar kengashi «Tenerife» futbolchisi Xesus de Migelning vafoti munosabati bilan chuqur qayg'uda.

«Real Madrid» uning oila a'zolari, jamoadoshlari, klubi va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Xesus de Migel 30 yoshida vafot etdi.

Joyi jannatdan bo'lsin.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!