📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): «Real Madrid» shunchaki «Klasiko»da g'alaba qozonmadi. Hatto La Liga chempionlik poygasida «Barselona»dan ochkolar farqini qisqartirmadi ham.
Jamoa bundan ham muhimroq ishni amalga oshirdi: o'z yo'lini topdi, o'ziga bo'lgan ishonchni qaytardi, tarkibda Bernardu va Gyuler bilan g'alaba qozona olishini isbotladi. «Madrid» «Barselona» ustidan ajoyib g'alabaga erishdi!
📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti): «Klasiko» «Madrid» uchun mavsumning burilish nuqtasi bo'lishi mumkin — ham psixologik, ham o'yin jihatidan. «Barselona» ustidan qozonilgan g'alaba Mourinyu ruhida bo'ldi — ham o'yin mazmuni, ham unga erishilgan usul bo'yicha.
Jamoa markaziy chiziqda Gyuler va Bernardu, o'ng qanot himoyasida Valverde, shuningdek, Vinisius o'rnida Diomande bilan ancha raqobatbardoshroq ko'rinmoqda.
📝 Navarrete (jurnalist, «Madrid» muxlisi): «Real Madrid» qaytdi!»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!