Reynier: "Kelajakda "Real Madrid"ga qaytishni istarmidim? Nega endi yo'q?! "Real Madrid"ga qaytishni kim ham istamasdi?!
Menda "Madrid"ning Valdebebasdagi klub bazasi haqida ajoyib xotiralar qolgan. Men va klubning barcha vakillari o'rtasida juda yaxshi munosabatlar shakllangan.
Ammo hozir "Madrid"ga qaytish ehtimoli haqida gapiradigan vaqt emas. Men 100% "Atletiko Mineyro"ga diqqatimni qaratganman.
ℹ️Eslatib o'taman, OAV xabarlariga ko'ra, 2025-yilning yozida "Real Madrid" 24 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilgan va unga bo'lgan huquqlarning 50 foizini o'zida saqlab qolgan. Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" tomonidan 2020-yil boshida "Flamengo"dan 30 million yevro evaziga sotib olingandi. Reynier "Madrid"ning asosiy jamoasida debyut qilishga muvaffaq bo'lmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!