RMTV boshlovchisi: «El-Klasiko»da «Real» 17 nafar raqibga qarshi o'ynaydi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 23

RMTV boshlovchisi: «El-Klasiko»da «Real» 17 nafar raqibga qarshi o'ynaydi

📺 RMTV boshlovchisi: «El-Klasiko»da (25.10, 23:00) «Madrid» bir vaqtning o'zida 17 nafar raqibga qarshi turishiga to'g'ri keladi: maydondagi uch nafar hakam, to'rtinchi hakam, VAR bosh hakami va uning yordamchisi, shuningdek, hakam vazifasini ham bajaradigan «Barselona»ning 11 nafar futbolchisi. 17 nafar hakamga qarshi o'ynash juda qiyin.

Endi «Barselona» futbolchilari «Betis»ga qarshi o'yinda bo'lgani kabi, qaysi epizodlarni VAR orqali qayta ko'rib chiqishni o'zlari hal qilishmoqda. Endi ular o'yinlarni o'zlari boshqarishmoqda.

Bu shunchaki sharmandalik! Boshqa har qanday ligada bunday holat [Pedrining bosh hakamdan VAR epizodini qayta ko'rib chiqishni so'rashi] oqibatlarga olib kelgan bo'lardi. Yakshanba kuni barchaga ma'lum sabablarga ko'ra bizni o'ta murakkab o'yin kutib turibdi.

Ammo hozir bizni Chempionlar ligasida — dunyoning eng yaxshi turnirida «Leyptsig»ga (21.10, 22:00) qarshi uchrashuv kutmoqda. Biz bu iflosliklardan, «Negreyra ishi»dan, Tebasdan, VAR'dan... barcha yomon narsalar va bu chiqindilardan uzoqlashamiz.

Chempionlar ligasida hakamlik bilan bog'liq muammolar yo'q. Agar o'yin Ispaniyada o'tganida «Madrid» «Roma»ni 4:3 hisobida mag'lub eta olmasdi, «Barselona» esa agar ularning uchrashuvi Yevropada bo'lganida «Betis»ga yutqazgan bo'lardi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!