Robert Levandovski bir vaqtlar 'Real'ga o'tishiga bir bahya qolgan
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 6

Robert Levandovski bir vaqtlar 'Real'ga o'tishiga bir bahya qolgan

Robert Levandovskining sobiq agenti futbolchining o'tmishdagi transferi haqida gapirib berdi:

Bir vaqtlar mijozim 'Madrid' bilan shartnoma imzolash arafasida edi. Uning 'Bavariya'ga o'tishi e'lon qilinishiga 2-3 hafta qolgandi. Aslida, Robert 'Bavariya' bilan kelishuvni buzib, 'Madrid'ga o'tmoqchi edi. Madridliklar unga myunxenliklarga qaraganda 20 foizga yaxshiroq shartlar taklif qilishgandi.
Ammo 'Bavariya'da unga asosiy yulduz bo'lishni taklif qilishgan bo'lsa, 'Madrid'da u zaxira o'yinchisiga [Benzemaga nisbatan] aylanib qolardi. Yakuniy qarorda aynan shu narsa hal qiluvchi rol o'ynadi.
Robertning atrofidagilar uni 'Madrid'ga qo'shilishga ko'ndirishgan, ammo men 'Bavariya' oldidagi so'zimizda turishimiz kerak deb hisoblagandim. 'Bavariya'da №1 bo'lgan ma'qul, 'Madrid'da №11-12 bo'lgandan ko'ra.
'Real Madrid' deyarli har yili men bilan bog'lanib, Robertning ishlari qanday ketayotgani bilan qiziqardi. Hamkorligimiz tugashi rasman e'lon qilinishidan 10 kun oldin men Ispaniya poytaxtida edim. Bu 2018-yilning qishida sodir bo'lgandi.
O'shanda men Peresning o'ng qo'li bilan suhbatlashdim va menga agar 'Bavariya' bilan muzokaralar uchun eshikni ochsam, 'Madrid' Levandovski bo'yicha jiddiy taklif bilan chiqishga tayyorligini aytishdi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!