Robin Granach jarohat oldi
TSG 1899 Hoffenheim ↗ ●●●●● Umumiy 👁 25

Robin Granach jarohat oldi

❌ Navbatdagi jarohat. Robin Granach safdan chiqdi

🏥 "Hoffenheim" markaziy himoyachisi dushanba kuni tizzasidan kichik jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.

26 yoshli chexiyalik futbolchi Germaniya kubogi doirasidagi Kilning "Holstein" jamoasiga qarshi o'yinda chap tizzasidan jarohat olgan edi. Keyinchalik futbolchida tashqi menisk bo'yicha muvaffaqiyatli operatsiya o'tkazildi.

🔍 Granach bir necha haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

👀 Xulosa qilib aytganda, Kristian Iltser ixtiyorida atigi ikkita markaziy himoyachi qoldi — Koki Matida va Ozan Kabak.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!