Robin van Persi «Manchester Yunayted»ning «Atletiko Madrid»ga qarshi o'yini haqida fikr bildirdi:
«Atletiko» futbolchilari shunchaki bo'layotgan voqealardan zavq olishmoqda.
«Manchester Yunayted»ga qarshi o'yin ular uchun oddiy mashg'ulotdek ko'rinadi. Bu haqiqiy sharmandalik.
Men katta yoshdagi erkakman, lekin bu yerda ko'zimda yosh bilan o'tiribman.
«Yunayted» Premer-liga darajasiga umuman to'g'ri kelmaydi. Hamma ingliz futbolining intensivligi va yuqori sur'ati haqida gapiradi, lekin bu jamoa ko'rsatayotgan narsa — mutlaqo tartibsizlik.
Hech narsa o'xshamayapti, hech narsa ishlamayapti, butun o'yin tizimi esa butunlay barbod bo'lgandek ko'rinadi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!