Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Real Madrid" Rodri uchun 50 million yevro to'lashga tayyor edi. Ammo hozirda klub 30 yoshli tayanch yarim himoyachisini sotib olish ehtimoli juda past deb hisoblamoqda.
Rodri "Barselona"ga o'tishga rozilik bildirgan. Hozirda kataloniyaliklar futbolchi "Manchester Siti"ni o'z qarori haqida ogohlantirishini kutishmoqda, shundan so'ng transferni yakunlashadi.
Onda Cero jurnalisti Pereyro ma'lumotiga ko'ra: "Hozirda "Madrid"da jamoa tarkibi to'liq shakllantirib bo'lingan degan his bor. Ammo hali 7-avgust kuni", - deydi jurnalist.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!