Rodri "Barselona"ga o'tmoqda
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 4

Rodri "Barselona"ga o'tmoqda

"Man Siti" "Barselona" bilan 30 yoshli ispaniyalik tayanch yarim himoyachisi Rodri transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim 60 million yevro va 16,5 million yevro bonuslarni tashkil etadi. Shartnoma to'rt yilga mo'ljallangan.

Moliya tahlili:

● "Siti" Rodrini 2019-yilda "Atletiko"dan 70 million yevroga sotib olgan edi. 2022-yil yozida shartnoma yana besh yilga uzaytirilgandi. Balans qoldig'i 5,6 million yevroni tashkil etadi. "Siti" darhol 54,4 million yevro foyda ko'radi, bonuslar esa faollashtirilganda qo'shiladi. Shuningdek, xarajatlardan 13,4 million yevrolik maosh ham chiqarib tashlanadi.

● "Barselona" uchun transfer yiliga 15 million yevroga (to'rt yillik shartnoma amortizatsiyasi) va 31,3 million yevrolik maoshga tushadi. Transfer bonuslari faollashtirilganda to'lanadi.

👍 Tushunarli bitim. "Siti" shartnomasi yakunlanayotgan va uni uzaytirishdan bosh tortgan futbolchi uchun jiddiy mablag' olmoqda. "Barsa" esa markazga "Oltin to'p" sohibi va jahon chempionini Xans-Diter Flik ixtiyoriga olmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!