Rodri nega Real Madrid'ga o'tmadi?
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 28

Rodri nega Real Madrid'ga o'tmadi?

Kataloniya matbuoti avvalroq Radio Marca jurnalisti Valentin xabar bergan ma'lumotni tasdiqladi: "Real Madrid" Rodrini Kalafat tufayli qo'ldan chiqargan.

Shu yozda Rodri "Madrid"ga o'tish bo'yicha deyarli kelishib olgandi. Tomonlar bitimning so'nggi detallarini hal qilishi qolganida, "qaymoqranglilar" bosh skauti Kalafat Peresga transfer summasini pasaytirish uchun muzokaralarni yakunlashni unga topshirishni so'rab murojaat qildi. Boshqacha aytganda, savdolashishga urindi.

Bunday yondashuv Rodri atrofidagilarga yoqmadi, ular shundoq ham "Madrid"ning muzokara jarayoniga bo'lgan munosabatidan norozi edi.

Bunga futbolchining o'zida paydo bo'lgan shubhalar ham qo'shildi. U ichki nizolar hukm suradigan kiyim almashtirish xonasiga o'tish kerakmi yoki yo'q, deya o'ylana boshladi, ustiga-ustak, murabbiyning futbolga bo'lgan yondashuvi Rodri o'rgangan uslubga mutlaqo zid edi.

Vaziyatdan "Barselona" sport direktori Deku xabar topdi va rahbariyatga 30 yoshli yarim himoyachini sotib olishni taklif qildi. Klubda markaziy yarim himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish ustuvor vazifa emas deb hisoblansa-da, kataloniyaliklar o'tgan JCHning eng yaxshi futbolchisini qo'ldan chiqarishni istashmadi.

Avvaliga Rodri bilan Deku, so'ngra shaxsan Flik suhbatlashdi. "Barselona" loyihasi taqdim etilgach, rahbariyat unga avvalroq "Madrid" bilan kelishilgan shaxsiy shartnoma shartlarini taklif qildi. "Blaugrana" futbolchilari ham shaxsiy suhbatlarda yarim himoyachini o'z jamoasiga o'tishga doimiy ravishda ko'ndirishgani alohida qayd etiladi. Ayniqsa, Olmo va Yamal bu borada juda faol bo'lishdi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!