🖥 The Athletic (Kortegana) | "Barselona" Rodri transferi imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokaralar o'tkazishdi.
30 yoshli tayanch yarim himoyachisiga "Barselona" loyihasi ham ma'qul kelmoqda. Rodri jamoada Ispaniya terma jamoasining 8 nafar vakili borligi sababli "ko'k-anorranglilar" safida tezda moslashib keta olishiga ishonmoqda.
Shu bilan birga, "Real Madrid" hamon Rodri uchun kurashda ishtirok etmoqda.
📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Barselona" Rodri uchun kurashga kirishdi. Shu sababli "Madrid"da yarim himoyachi klubga o'tmasligiga ishonishmoqda".
📝 Fabrisio Romano (insayder) | "Barselona" allaqachon ham Rodri, ham "Manchester Siti" bilan bog'landi. "Madrid" esa futbolchi va "shaharliklar" bilan bir necha haftadan buyon muzokara olib bormoqda. "Barselona" va "qaymoqranglilar" Rodri uchun deyarli bir xil summani to'lashga tayyor. Endi hammasi ispaniyalik futbolchining o'ziga bog'liq.
🎤 Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Barselona" Rodri transferiga faol erishmoqda. Klub allaqachon Ispaniya terma jamoasi sardoriga katta taklif bilan chiqdi. Kataloniyaliklar uchun yarim himoyachini o'tishini amalga oshirish yo'lidagi asosiy muammo - uning La Ligada ro'yxatdan o'tkazilishi".
🎤 Moretto (sobiq Relevo jurnalisti): "Rodri ancha oldin "Madrid" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan edi. Ammo terma jamoadagi ko'plab jamoadoshlari uni fikridan qaytarishga urinishmoqda.
"Barselona"da "qaymoqranglilar"ning "Manchester Siti" bilan muzokaralari berk ko'chaga kirib qolganini bilishdi. Shu sababli kataloniyaliklar Rodri uchun kurashga kirishdi. Ular katta taklif berishga tayyor. Hozir Rodri "Barselona"ga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda".
📻 Cope | "Madrid"da yana bir markaziy himoyachi va markaziy yarim himoyachi sotib olish uchun Asensio va Kamavinga bilan xayrlashish rejalashtirilgan edi. Ammo ispaniyalik va fransiyalik futbolchilar klubni tark etishni istashmayapti. Shu sababli, "qaymoqranglilar" uchun yozgi transfer oynasi yakunlangan bo'lishi mumkin".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!