«Roma» chempionatda ishonchli odimlashda davom etmoqda: «Sassuolo» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alabadan so'ng, Gasperini shogirdlari 11 turdan keyin 27 ochko jamg'arishdi — 8 g'alaba va 3 durang, birorta ham mag'lubiyatsiz.
2016-yildan buyon «Roma» jamoalarining hech biri mavsumning bu bosqichida bunday yaxshi natijaga erishmagan edi. Undan ham muvaffaqiyatliroq startni topish uchun 2013/14-yilgi mavsumga qaytish kerak, o'shanda Rudi Garsiya boshchiligidagi jamoa o'n o'yinlik g'alabali seriya evaziga 31 ochko to'plagan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!