Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Roma Malik Fofana transferi bo'yicha muzokaralarda oldinga qadam tashladi. Rimliklar futbolchi va uning vakillari bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan.
Shuningdek, Roma Lion klubi bilan aloqada va bitimni yakunlash uchun zarur bo'lgan barcha moliyaviy shartlardan xabardor. Biroq, transfer bo'yicha yakuniy qaror Rodrigo Mora bilan bog'liq muzokaralar yakunlangach qabul qilinadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!