Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Roma» «Portu»ga portugaliyalik iqtidorli futbolchi uchun 25 million yevro miqdorida rasmiy taklif yubordi. Biroq tomonlar o'rtasidagi farq katta: «Portu» hamon Mora uchun taxminan 50 million yevro talab qilmoqda va parallel ravishda «Galatasaroy» bilan muzokaralar olib bormoqda. «Roma» esa kurashga qo'shilishga qaror qilib, birinchi rasmiy taklifini taqdim etdi.
Alfredo Pedulla ma'lumotiga ko'ra, ayni damda muzokaralar davom etmoqda. «Portu» 45 million yevro so'ramoqda, «jallorossi» esa kelishuvga erishish va narxni tushirish uchun bitimga futbolchini keyinchalik qayta sotishdan foiz olish bandini kiritishni maqsad qilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!