«Roma» transfer strategiyasini o'zgartirdi
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 35

«Roma» transfer strategiyasini o'zgartirdi

«Roma»ning transfer strategiyasi Rodrigo Mora transferidan so'ng o'zgarishi mumkin.

Fabrisio Romano va Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Roma» Malik Fofana («Lion») va Alessio Kachchamani («Torino») transferlariga bo'lgan qiziqishni yo'qotmoqda. Endilikda «jallorossilar» uchun ustuvor vazifa sifatida Jan Pero Gasperini taktik sxemasiga mos keladigan qanot yarim himoyachisini topish belgilangan.

Bu o'zgarishlarga Mora transferi ta'sir ko'rsatdi. «Roma» portugaliyalik futbolchi uchun 25 million yevro (plyus 2 million bonus) to'lab, uning sport huquqlarini va iqtisodiy huquqlarining 50 foizini sotib oldi. Shu sababli klub transfer oynasining so'nggi kunlarida o'z ustuvorliklarini qayta ko'rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, Luis Enrike nomzodi dolzarb bo'lib bormoqda. «Inter»ga tegishli bo'lgan braziliyalik futbolchi Gasperini talab qilganidek, butun qanotni yopishga va hujumkor pozitsiyada ham harakat qilishga qodir. Fabrisio Romano va Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, «Roma» aynan Luis Enrikeni qo'lga kiritishni maqsad qilgan. Biroq, tomonlar hali kelishuv shartlarini va moliyaviy detallarni kelishib olishlari kerak.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!