💭 Rulli shartnoma imzolaganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Men uchun bu ajoyib imkoniyat va men uni qo'ldan boy bera olmasdim. «Manchester Siti»ga qo'shilish imkoniyati tug'ilganda, bundan foydalanish kerak. «Siti»ning ko'p yillar davomidagi muvaffaqiyatlari kishini hayratda qoldiradi. Men «Siti» haqida gaplashgan barcha insonlar bu klubga o'tishim shartligini aytishdi, chunki bu juda yuqori standartlarga ega jamoa. Har bir professional yuqori samarali muhitda ishlashni xohlaydi va men ish boshlanishini intiqlik bilan kutyapman. Chunki bilaman: men o'saman va o'rganaman, bu esa har doim mening asosiy ustuvorligim bo'lib kelgan. Hozirgi vazifam – astoydil mashg'ulot o'tkazish, futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan tanishish hamda o'z maksimal darajamga chiqish uchun bor kuchimni ishga solish.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!