El Chiringuito jurnalisti Sanchesning fikricha, "Real Madrid" tarkibida Rodri bo'lmasa ham "Barselona" ustidan juda ishonchli g'alabaga erisha oladi.
O'tgan "Klasiko" Rodri uchun juda qiyin kechdi, ayniqsa mudofaadan hujumga o'tish jarayonlarida. "Madrid"ning ikkinchi golini qayta ko'rib chiqishni va Rodri bu vaziyatda nima qilayotganiga e'tibor qaratishni taklif qilaman [u himoyaga juda passiv qaytmoqda].
Avgust oyidan beri "Real Madrid" Rodrini sotib olmagani bilan xato qilganini aytib kelardim. Ammo yaqinda "Barselona" Rodri maydonda bo'lgan vaqtda "PSJ"dan 3 ta gol o'tkazib yubordi, "Klasiko"da esa "Real Madrid" uni shunchaki tor-mor etdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!