🎙️ Santiago Kuchchi:
«Qanday qilib "Lion"ga kelib qolganman? Bu shunchaki tasodiflar natijasi.
Avvalo, hayot taqdim etadigan imkoniyatlarga doim ochiq bo'lish kerak. Va har doim o'zingizga hammasi mumkinligini aytishingiz kerak.
Barcha futbol muxlislari kabi men ham Lionda sodir bo'layotgan voqealarni qiziqish bilan kuzatib borardim: Tekstor keladi, lekin yakunda mablag' yo'qligi sababli kelmaydi, keyin mablag' paydo bo'ladi, so'ngra yana hech narsa tushunarsiz... Qisqasi, oxir-oqibat u baribir keladi. Men bularning barchasini kuzatib turgandim.
Shunday bo'ldiki, men Kaliforniyadan ketayotgan edim va Fransiyaga qaytmoqchi edim. Qo'shnilar bilan o'sha xayrlashuv kechasida Jonning hamkori bilan tanishib qoldim. U menga shunday dedi: "Senda fransuz-amerika profili bor, chunki sen amerikaliklarni yaxshi tushunasan va shu bilan birga fransuzsan. Bizda bir kompaniya bor..." Men o'shanda gap "Olimpik Lion" haqida ketayotganini hatto tasavvur ham qilmagandim, — "...unda fransuz aksiyadori bilan bog'liq ma'lum qiyinchiliklar yuzaga keldi. Shuning uchun bizga senga o'xshagan, bizning mentalitetimizni yaxshi tushunadigan va shu bilan birga fransuz biznes muhitidan xabardor odam kerak".
O'sha vaqtga kelib men allaqachon "Parij FK" aksiyadori edim. Men sodir bo'layotgan voqealar haqida hech narsa bilmasdim, qolaversa, men odamlar bilan tez til topishadigan insonman. Ustiga-ustak, allaqachon tun allaqayoqqa borib qolgandi. Aytaylik, men ancha ko'tarinki kayfiyatda edim. U taklif qildi: "Kel, unga qo'ng'iroq qilamiz". Vaqt farqiga qaramay, Jon menga kelishni va dastlab maslahatchi sifatida ishlashni taklif qildi. Men shunday qilib u yerda paydo bo'lib qoldim. Dastlab bor-yo'g'i 15 kunga.
Tushunishimcha, mahalliy jamoa Jondan meni olib qolishni so'ragan va hammasi shunday bo'lib chiqdi.
Men olti oy davomida Jon bilan hamkorlikda ishladim. U mening boshlig'im edi, men esa uning xodimi. U buni doimo ta'kidlab o'tardi, hatto meni ijrochi prezident etib tayinlagan bo'lsa ham.
Tushunasanmi, dastlab men professional muhitdan kelganman, u yerda direktorlar kengashi raisi bo'ladi va u aksiyadordan ko'rsatma oladi: u unga nima qilish kerakligini aytadi. Sen jamoa bilan birgalikda reja tayyorlaysan, uni taqdim etasan, unga mos byudjet ajratiladi va aksiyador uni tasdiqlaydi. Aksiyador bilan yarim yilda bir marta yoki juda bo'lmasa, har chorakda bir marta uchrashasan.
Bu yerda esa hamma narsa boshqacha edi.
Biz Jon bilan mening lavozimim vaqtinchalik bo'lishiga kelishib olgandik, chunki biz bir-birimizni deyarli bilmasdik. Vaqt o'tishi bilan bir-birimizni yaxshiroq bilib oldik va bir nuqtada ajralishimiz ikkalamiz uchun ham yaxshiroq bo'lishi haqidagi umumiy xulosaga keldik».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!