Savino «Tottenxem»ga o'tdi
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 27

Savino «Tottenxem»ga o'tdi

«Tottenxem» «Man Siti» bilan 22 yoshli braziliyalik vinger Savino transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv summasi 87.7 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, 11.7 million yevro bonuslar ko'rinishida to'lanadi.

Moliya masalasiga to'xtaladigan bo'lsak:

● «Siti» Savinoni 2024-yilda «Trua»dan 25 million yevroga sotib olgan edi. Besh yillik shartnoma imzolangan, 2025-yil yozida esa kelishuv 2031-yilgacha uzaytirilgan. Yillik amortizatsiya 4 million yevro, balans qoldig'i esa 16 million yevroni tashkil etadi.

● «Man Siti» darhol 71.7 million yevro sof foyda ko'radi, bonuslar esa shartlar bajarilganda to'lanadi. Shuningdek, maoshlar fondidan yillik 6.1 million yevro (bonuslar bilan) chiqarib tashlanadi. Xarajatlardagi umumiy tejamkorlik 10.1 million yevroni tashkil etadi.

● «Tottenxem» uchun transfer yiliga 17.5 million yevroga (besh yillik amortizatsiya) tushadi, bunga maosh ham qo'shiladi. Bonuslar esa amalda to'langanda hisobga olinadi.

Tushunarli kelishuv. «Siti» uchun bu klub tarixidagi rekord darajadagi sotuv (Xulian Alvares uchun olingan 75 million yevrodan ko'proq). «Tottenxem» esa uzoq vaqtdan beri qidirib yurgan, har ikki qanotda ham o'ynay oladigan, dribling va uzatmalarga ega vingerga ega bo'ldi. APLning birinchi turi «shporlar» hujumida ijodkorlik yetishmayotganini ko'rsatdi, garchi Savino aynan shu jihatni kuchaytirmasa ham, bu potensialga qilingan qimmatbaho tikishdir.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!