Ser Aleks Fergyuson: "Brunu Fernandesh mening eng kuchli tarkibimga kirishi mumkin edi"
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 42

Ser Aleks Fergyuson: "Brunu Fernandesh mening eng kuchli tarkibimga kirishi mumkin edi"

🗣️ Ser Aleks Fergyuson «MYu»ning hozirgi tarkibidan kimlar uning eng kuchli boshlang'ich tarkibiga kira olishi mumkinligi haqida fikr bildirdi:

«Taqqoslash oson emas: futbol o'zgardi. Hozirgi jamoaning ba'zi o'yinchilari hatto mening o'yin uchun qaydnomamga ham kirishlari qiyin bo'lardi.

Agar ochiqchasiga gapiradigan bo'lsam, Brunu Fernandesh — men o'zining eng kuchli boshlang'ich tarkibim uchun jiddiy ko'rib chiqadigan futbolchi.

Brunu ajralib turadi. «Yunayted»ga o'tganidan beri u ulkan talablar yuki ostida yashamoqda, qiyin pallalarda mas'uliyatni o'z zimmasiga olmoqda va boshqalarning qo'lidan hech narsa kelmayotgan paytda vaziyatlar yaratmoqda. Jamoa klub talablariga javob bermayotgan vaqtda ham u natija berishda davom etmoqda.

U menga Pol Skoulzni eslatadi — o'yin uslubi bilan emas, balki maydonni ko'ra olishi, noaniq uzatmalarni topa olishi va o'yin borishiga ta'sir o'tkazishga intilishi bilan.

Men buyuk futbolchilarni shug'ullantirganman va tarkibdan joy olish uchun shunchaki obro'-e'tiborning o'zi yetarli emasdi. Har kuni o'z darajangni isbotlashing kerak edi.

Brunu ham o'z o'rnini munosib ko'rsatishi kerak bo'lardi, ammo ishonchim komilki: uning imkoniyatlari yuqori bo'lardi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!