Plasa (Sevilla bosh murabbiyi):
Ochiqchasiga aytganda, Gyuler qizil kartochka olishi kerak edi. Biz 70 daqiqa davomida son jihatdan ustunlikda o'ynashimiz lozim edi. Bundan tashqari, Mbappe urgan birinchi gol Konatening Yura ustidan qilgan foli tufayli bekor qilinishi kerak edi. Nega VAR uchun mas'ullar bosh hakamni epizodni qayta ko'rish uchun monitorga chaqirmaganini tushunmayapman. Balki, bu Real Madrid Klasikodan oldin ochko yo'qotishga yo'l qo'ya olmagani uchun sodir bo'lgandir. Balki, biz g'alaba qozonganimizda Real Madrid Barselonadan 9 ochko ortda qolib ketishi mumkinligi uchundir.
Salas (Sevilla himoyachisi):
Biz Madridga qarshi o'yinning borishini birinchi bo'limda Gyulerning Peke ustidan qilgan foligacha nazorat qildik. Shubhasiz, u qizil kartochka olishi kerak edi. Gyulerning chetlatilmagani o'tgan o'yinda hammasini o'zgartirib yubordi. Bosh hakam nega bu epizodni qayta ko'rmaganini tushunmayapman. Peke menga Gyuler uni tirsagi bilan urganini aytdi.
X. Iglesias (Sevilla himoyachisi):
O'yin taqdirini hakamlar hal qildi. Gyuler birinchi bo'limda Peke ustidan fol ishlatdi. Mbappe gol urgan vaziyatda esa Konate Yura qoidani buzdi. Qolaversa, biz Bernabeuda nima kutayotganini oldindan bilardik.
📻 Cope xabariga ko'ra, VAR Gyuler ishtirokidagi epizodni o'rgandi, ammo barcha rakurslar uzoqdan olingan. Hakamlar turk futbolchisining agressiv xatti-harakatini tasdiqlovchi va bosh hakamga ko'rsatish uchun yetarli bo'lgan aniq va yaqqol tasvirni topa olishmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!