Il Giornale nashriga bergan intervyusida Simone Inzaghi «Inter»dagi faoliyati va klubning moliyaviy holati haqida gapirdi.
«Inter»da men 4 ta ajoyib yilni o'tkazdim. Klub transfer bozorida juda ehtiyotkor bo'lishi kerak bo'lgan davrda ham biz doimo raqobatbardosh bo'lib qoldik.
Rahbariyat inqiroz yoqasida turgan byudjetni sog'lomlashtirish vazifasini a'lo darajada bajardi va mendan hech narsani yashirishmadi. Men bu qiyinchiliklarni hech qachon bahona sifatida qabul qilmaganman, aksincha, ular bizga motivatsiya bo'lib xizmat qildi. Biz jamoa qurdik, qiymat yaratdik va «Inter»ga yanada kuchliroq mentalitet singdirdik», - dedi murabbiy.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!