Skott Maktominey Corriere della Sera nashriga intervyu berdi.
🔘 Bo'lajak operatsiya xavotirga solmayaptimi?
«Yo'q, bu hal qilinishi kerak bo'lgan muammo. Men operatsiya zarurligi haqida endigina xabar topdim. Ammo biz tez orada ko'rishamiz — juda tez orada. Men avvalgidan ham kuchliroq bo'lib qaytaman. Men doimo jamoaga foyda keltirishni istayman, ammo oldindan ko'ra olmaydigan yoki nazorat qilib bo'lmaydigan narsalar bo'ladi. Jamoadoshlarim «Inter»ga e'tibor qaratishadi va ular bizdan kuchli emas».
🔘 «Inter» tarkibi kuchliroqmi?
«Yo'q. Men hech qachon kimdir bizdan yaxshiroq yoki raqiblar kuchliroq futbolchilarga ega deb aytmagan bo'lardim, chunki men futbolga boshqacha qarayman. Buni tan olish ojizlik belgisi bo'lardi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!