Luca Bendoni xabariga ko'ra, «Strasburg» Karim Kulibalini transfer qilish bo'yicha kelishuvni yakunlashga yaqin turibdi. Klub bugun «Verder»ga uchinchi taklifni yubordi va u qabul qilindi.
Taklif 20 million yevro miqdoridagi kafolatlangan to'lov va bonuslarni o'z ichiga oladi, bitimning umumiy qiymati esa qariyb 25 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, kelishuv futbolchining kelgusi sotuvidan foiz ajratishni ham nazarda tutadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!