Tom Knipping: UEFA milliy chempionatlarni barbod qilmoqda
Eredivisie ↗ ●●●●● Umumiy 👁 37

Tom Knipping: UEFA milliy chempionatlarni barbod qilmoqda

Tom Knipping PSVning moliyaviy ustunligi va Yevropa futbolidagi muammolar haqida fikr bildirdi:

Hozir ularga 38 million yevro kafolatlangan. Yangi kelishuv tufayli bu summa taxminan 44-46 million yevrogacha o'sadi. Shunday qilib, chempionlik unvonining o'zi qo'shimcha 6-8 million yevro daromad keltiradi.
Agar PSV ketma-ket uch-to'rt yil chempion bo'lsa va Chempionlar ligasida ishtirok etadigan yagona Niderlandiya klubi bo'lib qolsa, bunday daromadlar evaziga ular raqobatchilarni ortda qoldira oladi.
Yangi pullar milliy chempionatlarga emas, aynan Chempionlar ligasiga yo'naltirilmoqda. Yevrokuboklar taqvimi tobora tig'izlashib bormoqda, translyatsiya huquqlari qiymati esa o'sishda davom etyapti.
Shu tariqa, UEFA bosqichma-bosqich milliy chempionatlarni barbod qilmoqda va amalda raqobatni yo'qqa chiqaryapti.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!