«Qaytishing bilan, Yurich! Yo'qol! Sening ultraslaring.»
«Torino» ultraslari o'zlarining sobiq bosh murabbiyi Ivan Yurichni Italiya kubogi doirasidagi «Monsa»ga qarshi o'yinda juda «iliq» kutib olishdi. Hozirda mutaxassis aynan «Monsa»ni boshqarmoqda.
2024-yil fevral oyida «Salernitana» bilan o'yindan so'ng Yurich muxlislarning bir qismi «Toro ruhi»ga ega emasligini aytib, xususan, jamoani yetarlicha qo'llab-quvvatlamayotganliklari va so'nggi yillarda qilingan ishlarni qadrlamayotganliklari haqida gapirgan edi. Keyinchalik shov-shuvlardan so'ng u «Torino» tarixi va muxlislarini haqorat qilmoqchi bo'lmaganini aytib, uzr so'ragan.
Bannerdagi o'rta barmoq tasviri Yurichning muxlislarni tanqid qilganidan keyingi voqealarga ishora qiladi. O'sha vaqtda diskvalifikatsiya qilingan murabbiy o'yinni tribunadan kuzatgan va «Kurva Maratona» tomonga o'rta barmog'ini ko'rsatgan edi. Keyinchalik Yurich buning uchun ham ommaviy ravishda izoh berishiga va uzr so'rashiga to'g'ri kelgan. Bunday voqealardan so'ng uning tribunalar bilan munosabatlari butunlay barbod bo'lgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!