Ueyn Runi taxminan 2009-yilda, o'g'li Kay dunyoga kelgan paytda og'ir ruhiy davrni boshdan kechirgani va o'z joniga qasd qilish haqida o'ylagani haqida tan oldi:
Hozir tushunib yetib turibman, o'shanda o'zimni xudbinlarcha tutgan ekanman, lekin o'sha paytlar menga nihoyatda og'ir edi. Kay meni bunday holatda ko'rishini istamasdim, shuning uchun barchadan uzoqlashdim.
Bir paytlar xayolimga o'z jonimga qasd qilish fikrlari kelgan. Odamlardan qochardim, ko'chaga chiqishni, hatto do'konlarga kirishni ham istamasdim.
O'zimni xotirjam his qiladigan yagona joy futbol maydoni edi. Qolgan barcha narsalar menga juda katta qiyinchilik bilan berilardi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!