✨ Uli Xyones Jamal Musiala haqida:
To'rt kun ichida bu holat takrorlangani meni chinakamiga larzaga soldi. Men so'zsiz qoldim, bunday holat menda juda kamdan-kam kuzatiladi. Men uxlashga yotsam ham, ertalab uyg'onsam ham faqat u haqida o'ylayapman. Biz Jamolni so'zsiz qo'llab-quvvatlaymiz.
Biz muammolar haqida anchadan beri xabardormiz. Ammo bu maydonda ilk bor o'tgan hafta "Leyptsig"ga qarshi o'yinda yuz berdi...
Men o'yladim: agar bu tez orada takrorlanmasa, davo yordam beradi. Ammo to'rt kundan keyin yana sodir bo'lgani meni haqiqatan ham shok holatiga tushirdi. Divanda o'tirib, nima deyishni bilmay qoldim.
Bu drama, ayniqsa Jamal uchun. Muammolarning ayrim belgilari bor edi, lekin klubda u bilan ilgari hech qachon bunday bo'lmagan. Endi esa shanba va kechagi ikkita hodisa bilan bu birinchi navbatda Jamalning o'zi uchun, o'rta muddatli istiqbolda esa klub uchun muammo. Biz hammamiz shokdamiz, bunga tayyor emasdik. Biz bu vaziyatni qanday boshqarishni o'rganishimiz kerak.
❓ Klub Jamolni qanday qo'llab-quvvatlaydi va unga g'amxo'rlik qiladi?
✨ Uli Xyones:
Jamolni so'zsiz qo'llab-quvvatlashimiz bor. Shifokorlarimiz mutaxassislar bilan doimiy aloqada. Murabbiy, Maks va butun klub Jamolga yordam berish uchun qo'lidan kelganini qilishini aytishgan.
❓ Jamolni yana tavakkal qilib maydonga tushirishdan oldin unga dam olish uchun biroz vaqt berish oqilonaroq emasmidi?
✨ Uli Xyones:
Uni davolayotgan mutaxassislar, nevrologlar bizni yozma ravishda ishontirishdiki, ularning nuqtai nazaridan Jamolga yuqori darajada sport bilan shug'ullanishiga hech narsa xalaqit bermaydi.
O'shandan beri tunlari biroz yaxshiroq uxlayapmiz. Ammo endi, ochig'ini aytganda, bu yangi vaziyatga ko'nikishimiz kerak. Men nima qilishni bilmay qoldim.
❓ Muammolarni qachon anglab yetdingiz? Bu jahon chempionatidan oldinmi edi?
✨ Uli Xyones:
Bizga aniq xabar berishmadi. Ayrim belgilar bor edi, lekin u mashg'ulotlarda qatnashdi, o'yinlarda o'ynadi. Lekin bu muammolar uning o'yiniga ta'sir qildimi yoki bu to'piq bilan bog'liq muammolar edimi, bilmayman.
Bizning fikrimizcha, jahon chempionatidan keyin Jamal uchun yangi davr, yaxshi mavsumoldi yig'ini boshlanishi kerak edi. Qaytganidan keyingi birinchi o'yinda bularning sodir bo'lishi bizni shok holatiga tushirdi.
❓ Endi bularning hammasi oshkor bo'lgani va sir emasligi yaxshiroq deb o'ylaysizmi? Balki endi unga bo'lgan munosabat va uning o'yiniga baho berish foydaliroq bo'lar..
✨ Uli Xyones:
Dushanba kuni Maks Eberl, Jamalning o'zi, uning agenti va jamoaning ikki shifokori o'rtasida suhbat bo'lib o'tdi. Agar shanba kungi hodisa takrorlansa, Jamal bu haqda ommaga gapirib berishi bo'yicha kelishuvga erishildi, kecha aynan shunday bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!