Valter Zenga (o'zining YouTube-kanalida):
"Nuqul Kivu haqida bir narsani tan olish kerak: birinchi bo'lim oxirida men u tanaffusdan keyin albatta nimadir o'zgartirishini aytgan edim va zaxiradan maydonga tushgan barcha besh nafar futbolchi o'yinga juda yaxshi kirishib ketdi.
"Inter" ikkinchi bo'limda to'liq ustunlik qildi. Birinchi bo'limda ular statik harakat qilishdi, to'pni maydon bo'ylab ko'ndalangiga uzatishdi, ammo ikkinchi bo'limda to'p harakati tezlashdi, doimiy pozitsion rotatsiyalar kuzatildi va 3:1 hisobi mutlaqo adolatli. Tanaffusdan keyin "Bolonya" "Inter" jarima maydonchasiga biror marta ham kira olmadi, vaholanki birinchi bo'limda ularda to'rtta golli vaziyat bo'lgandi.
Diuf golli hujumni boshlab berdi (2:1), to'pni Zelinskiyga uzatdi, so'ngra Karlos Augusto gol urgan vaziyatdagi uzatma amalga oshirildi. Oxirgi gol — bu Chalxanog'lu tomonidan oshirilgan to'p, Mxitaryanning qabul qilib olishi, Karlos Augustoga pas va Bonni goli. Zaxiradan tushganlar evaziga biz boshqacha "Inter"ni ko'rdik: ancha bosimli, tezkor va sportcha g'azabga to'la. Ular hatto Suchichning harakati bilan aqlbovar qilmas vaziyatni ko'kka sovurishdek hashamatga ham yo'l qo'yishdi — men umuman uning qanday qilib xato qilganini tushunmayapman. Ikkinchi bo'limda "Inter" haqiqatan ham o'sha haqiqiy "Inter" edi, zaxiradan maydonga tushgan yigitlar esa shunchaki qoyilmaqom o'ynashdi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!