🚨 Ruben Uriya xabariga ko'ra, so'nggi kunlarda «Atletiko Madrid»ga Viktor Osimxen taklif qilingan.
O'yinchi Madridda o'ynashni va aynan Diyego Simeone qo'l ostida to'p surishni juda istaydi.
Uning agentlari «Atletiko» rahbariyati bilan bog'lanib, 75 million yevro atrofidagi summani ma'lum qilishgan. Biroq «Atletiko» bunga ishonmayapti, chunki «Galatasaroy» ancha ko'proq talab qilishiga ishonch komil.
Agentlar shuningdek, futbolchi maoshini sezilarli darajada kamaytirishga tayyorligini aytishgan.
Ayni damda «Atletiko» bu taklifni rad etdi. Bunga sabab Xulian Alvaresning hozircha jamoadan ketish niyati yo'qligi va Xil Marin uning qolishini istayotganidir.
Agar Xulian va Syorlot jamoada qolsa, Osimxenni transfer qilish imkonsiz bo'ladi.
«Atletiko»da klubdan kimdir ketmasa, bu kelishuvni amalga oshira olmasliklarini tushunib turishibdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!