Viktor Osimxen: «Barselona» bilan o'yin qiyin kechadi, ammo rostini aytsam, men ham, jamoadoshlarim ham bu o'yindan juda hayajondamiz. Chunki «Barselona» dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biri va ayni damda dunyoning eng kuchli jamoasi ekanligini bilaman.
Bunday yuqori saviyali futbolchilarga ega jamoaga qarshi o'ynaganda, maydonga ishtiyoq va jiddiylik bilan chiqish, shuningdek, hujum chizig'ida bosim o'tkazish kerak. Ular to'pni juda ko'p nazorat qilishadi, shuning uchun bunday o'yinda chidamlilik ko'rsatish talab etiladi.
Biz tayyormiz va bu uchrashuvning har qanday yakunini qabul qilamiz. «Barselona» bilan «Rams Park» stadionida o'ynash shunchaki ajoyib bo'ladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!