Vim Kift "Feyenoord"ni tanqid qildi:
"Ispaniyadagi o'sha oqshom "Feyenoord"ning holati haqida ko'p narsani aytib turibdi: jamoa sifatdan mahrum.
O'yinchilar 1:5 hisobida yutqazayotgan paytda jamoadoshlariga tasalli golini nishonlashga ruxsat bermasliklari kerak edi. Bu foydali oqshom bo'lganini, detallar sababli mag'lub bo'lganingizni, bunday darajada o'ynashga qodirligingizni aytish yoki qaysidir individual epizod yoxud kim bilan futbolka almashganingiz haqida g'urur bilan gapirish mumkin edi.
"Feyenoord"ni shunchaki maydondan supurib tashlashdi - nahotki bundan ko'ngil aynimasa? Aslida, bu qur'a tashlash marosimidan keyinoq ko'rinib turgandi. Hamma "Barselona"ga qarshi o'ynash imkoniyatidan hayratda edi, lekin men hech kimdan Ispaniyada nimadir ko'rsatmoqchi ekanligini eshitmadim."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!