Vissa: «Nyukasl» ajoyib klub, Kevin Kigan esa jamoamiz uchun o'zgacha inson bo'lgan.
Aynan shuning uchun ham biz unga shunchalik katta e'tibor qaratdik. Muxlislar bugun ajoyib edi, biz esa ularga a'lo darajadagi o'yin bilan javob qaytardik, ammo buni butun mavsum davomida amalga oshirishimiz kerak.
Bu mening «Nyukasl» safidagi eng yaxshi o'yinim bo'ldi. Yangi murabbiy, yangi rol va men bu yerda juda baxtliman. Murabbiy taxminan uch-to'rt hafta oldin keldi, bizga juda ko'p ma'lumot berdi va endi biz bularning barchasini maydonda tatbiq eta boshladik.
Muxlislar fantastik. Biz futbolchilar sifatida ularga doimo quvonch ulashishga harakat qilamiz va bu sur'atni saqlab qolishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!