Xansi Flik: «Salom, kules. Men bu yerda ekanligimdan juda xursandman. O'tgan mavsumdagi qo'llab-quvvatlashingiz uchun sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman hamda yangi o'yinchilar va murabbiylar shtabi a'zolarini qutlamoqchiman.
Men bir narsani aytmoqchiman. Otam vafot etganida, men «Barsa» oilasidan ulkan yordam va mehr ko'rdim. Siz men va oilam bilan birga edingiz. Bu shunchaki aqlbovar qilmas holat edi. Butun qalbim bilan — katta rahmat.
Biz yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapmiz. Bizda yuqori mahoratga ega ajoyib, g'aroyib jamoa bor. Deku, prezident va barcha rahbarlarga rahmat. Biz kundalik ishlarga, shuningdek, barcha sovrinlar uchun kurashishga tayyormiz. Bu yil bizga stadionda barcha «Barsa» muxlislari kerak. Sizning energiyangiz va ishtiyoqingiz. Biz sizga muhtojmiz. Birgalikda biz kuchliroqmiz. Visca el Barça, visca Catalunya!».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!