Xavi Espart: "Barselona"da o'ynash bolalikdagi orzuim edi"
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 8

Xavi Espart: "Barselona"da o'ynash bolalikdagi orzuim edi"

Xavi Espart shartnomasini uzaytirgandan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanidan:

❓Bolaligingizda xonangizda "Barselona" yoki "Kamp Nou" bilan bog'liq plakat bo'lganmi? Hozir esa uni biron bir fotosuratga almashtirdingizmi? Agar shunday bo'lsa, qaysi biriga? Debyutingizgami yoki balki gol urgan "PSJ"ga qarshi o'yingami?

🗣 Xavi Espart: "Bolaligimdan doim "Barselona" haqida orzu qilganman. Men bu klubga juda yoshligimdan muxlislik qilaman, bolaligimdan stadionga qatnayman va bolaligimdan "Barselona"da o'ynayman. Bu kun men uchun maqsadlarimdan biri edi, ammo yakunda bularning barchasi ro'y berganiga ishonish ham qiyin. Uyimda debyut o'yinimdagi futbolkam ramkada turibdi, endi esa shartnomani uzaytirganimdagi futbolkani ham ramkaga qo'yishga to'g'ri keladi deb o'ylayman".

❓"Barselona" qishki transfer oynasida himoyani kuchaytirishi kerakligi haqida ko'p gapirishmoqda. Siz o'zingiz himoyada o'ynaysiz. Jamoaga bu chiziqni kuchaytirish kerak deb hisoblaysizmi?

🗣 Xavi Espart: "O'ylashimcha, bu bizning vazifamizga kirmaydi. Klubda bu ish bilan shug'ullanadigan boshqa insonlar bor. Men reabilitatsiyani yaxshi o'tkazishga, katta motivatsiya bilan qaytishga, jarohatdan oldingidan ham yaxshiroq bo'lishga va jamoaga yordam berish imkoniyatiga ega bo'lishga e'tibor qaratganman".

❓Shartnomani uzaytirgandan so'ng oldingizda klubda ko'p yillar turibdi. Sovrinlarni qo'lga kiritish bo'yicha eng katta orzuyingiz qanday? Qaysi kubokni boshingiz uzra ko'tarishni eng ko'p istardingiz?

🗣 Xavi Espart: "O'ylaymanki, "Barselona"da o'ynab, biz doim barcha sovrinlar uchun kurashamiz. Ammo rostini aytsam, Chempionlar ligasi – bu ham biz, ham "Barselona" muxlislari juda uzoq kutayotgan va yutishni istayotgan sovrin. Albatta, men Chempionlar ligasi kubogi bilan suratga tushishni istardim. Ammo qolgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritish ham bizning maqsadimiz va unga erishish uchun ishlaymiz".

❓Tiklanishning qaysi bosqichidasiz? Qaytish sanasini belgilab oldingizmi? Yil oxirigacha qaytish imkoniyatingiz bormi yoki 2027-yilgacha maydonga tusha olmaysiz deb o'ylaysizmi?

🗣 Xavi Espart: "Hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Eng qiyini dastlabki ikki hafta edi, ammo hozir ancha yaxshiman. Har kuni o'zimni yaxshiroq his qilyapman va eng muhimi, shoshilishni istamayman, chunki bu jarohatdan keyin to'liq tiklanish kerakligini bilaman. Jamoaga yordam berish va o'ynash uchun qaytishni juda xohlayman. Biroq, men o'zimga aniq muddatlar qo'ymayapman. O'zimni qanday his qilayotganimga qarab ish tutaman, men uchun eng muhimi – avvalgidan ham yaxshiroq formada qaytish uchun to'liq tiklanish".

❓Qaysi pozitsiyada o'zingizni eng yaxshi his qilasiz va sizningcha, Xavi Espartning eng yaxshi versiyasini qayerda ko'ra olamiz?

🗣 Xavi Espart: "Men doim murabbiyga qayerda kerak bo'lsam, o'sha yerda o'z ishimni bajarishga harakat qilishimni aytganman. Ammo rostini aytsam, bu mavsumda hozirgi taktikamiz sababli ko'proq chap qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynadim. O'ylashimcha, u yerda, ayniqsa markazga o'ta olganimda o'zimni ancha qulay his qilyapman. Ammo aytganimdek, qayerda kerak bo'lsam, doim bor kuchimni berishga harakat qilaman".

❓Yoxan Kroyff cho'qqiga chiqish emas, u yerda qolish eng qiyini deb aytgan. Siz birinchi katta orzuyingizni amalga oshirdingiz. Juda yoshsiz va oldingizda aqlbovar qilmas darajada uzoq karyera turibdi. Butun karyerangizni "Barselona"da o'tkazishingizni tasavvur qila olasizmi? "Barsa"da o'rnak oladigan futbolchingiz bormi va uning izidan borishni istarmidingiz?

🗣 Xavi Espart: "Bu darajaga yetishish katta mehnat talab qilishi rost, ammo bu darajada qolish ham o'ta qiyin. Mening orzuim va maqsadim – butun umrimning klubi bo'lgan "Barselona"da karyera qurish. O'rnak olish masalasiga kelsak, men o'z karyeramga, o'yinimga va bosqichma-bosqich rivojlanishga e'tibor qaratishni afzal ko'raman. Men hali juda yoshman va har yili yanada yuqoriroq darajaga chiqish uchun yaxshiroq bo'lishni istayman".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!