Xavi Simons o'tgan mavsumda «Tottenxem» futbolchilari jamoa jon saqlab qolish uchun kurashayotgan bir paytda kiyim almashtirish xonasida bahslashib qolishganini aytib o'tdi. Ammo u buni jamoa haqiqiy oila ekanligining isboti deb hisoblaydi.
Kiyim almashtirish xonasida hamma har xil fikr va qarashlarga ega, shuning uchun odamlar bahslashadi. Bu normal holat. Jamoa uchun bu hatto yaxshi — demak, umumiy maqsad hammaga baribir emas.
Bu xuddi oiladek. Agar aka-uka yoki opa-singillaring bo'lsa, ular bilan urishib qolasan... Lekin mavsum oxirida, rostini aytsam, nimalar bo'layotganini bilib, klubga kelish hammaga og'ir edi. Hatto bunday vaziyatga tushib qolganimizga ishonish qiyin.
Men kelishimdan bir yil oldin yigitlar Yevropa ligasida g'alaba qozonishgan. Keyin esa jon saqlab qolish uchun kurashishimizni o'ylash — bu juda katta farq.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!