Xavyer Agirre «Valensiya»ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi
Валенсия ФК ↗ ●●●●● Transfer 👁 6

Xavyer Agirre «Valensiya»ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi

Ektor Gomes xabariga ko'ra, «Valensiya» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi.

Xavyer Agirre «Valensiya»ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.

Kelishuv to'liq yakunlangan. Agirre «Valensiya» taklifini nisbatan kamroq moliyaviy shartlar bilan qabul qildi. U klubda uzoqroq qolishni istamoqda va buning uchun tavakkal qilishga tayyor.

Hozirda tomonlar o'rtasida shartnomalar almashinuvi jarayoni ketmoqda.

Murabbiy 2027-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomani imzolaydi. Agar jamoa La Liga orqali Yevropa ligasiga yo'llanma olsa, shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

U bilan birga klubga yordamchisi Toni Amor va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy murabbiy Pol Lorente keladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!