Xesus Rodriges «Betis»ga tashrif buyurdi va jarohati haqida so'zlab berdi.
TuttoMercatoWeb yozishicha, dushanba kuni ispaniyalik futbolchi Sevilyada, o'zi tarbiya topgan klubda bo'ldi hamda o'yinchilar va bosh murabbiy Manuel Pellegrini bilan suhbatlashdi.
«Hozir hammasi yaxshi, jarohatimdan biroz xafaman, ammo bunga xotirjam yondashyapman. Soha nozik, qaytganimdan keyin qaytalanish bo'lmasligi uchun harakat qilyapman».
U 20-oktyabr kuni safdan chiqqan va TMW ma'lumotlariga ko'ra, kamida dekabr oyining oxirigacha maydonga qaytmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!