Xolida Dadaboyeva: Xitoyga qarshi o‘yinda tarixiy durangga erishdik
Ayollar futboli ↗ ●●●●● Matbuot 👁 10

Xolida Dadaboyeva: Xitoyga qarshi o‘yinda tarixiy durangga erishdik

Xolida Dadaboyeva (O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi)

— Xitoy Osiyoda o‘z o‘rniga ega, kuchli terma jamoalardan biri ekanini oldindan yaxshi bilardik. Shunga qaramay, bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Murabbiylarimizning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda, jamoamiz bilan maydonda bor kuchimizni berdik.

O‘yin davomida hisobda oldinga chiqishga ham muvaffaq bo‘ldik. Afsuski, ikkinchi bo‘lim oxirlarida o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay, jamoamiz so‘nggi daqiqalargacha kurashdi va yakunda tarixiy durangga erishdik.

Alohida ta’kidlab o‘tishni istardimki, bu natija so‘nggi yillarda yurtimizda ayollar futboliga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlarning ham samarasi, deb o‘ylayman. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga katta rahmat aytaman.

— Futbol, albatta, jamoaviy o‘yin. Bugungi golimdan juda xursandman. Jamoamizni hisobda oldinga olib chiqqan golga mualliflik qilish men uchun alohida quvonch. Bu vaziyatda jamoadoshlarimning ham hissasi katta. Ularning mehnati va harakati evaziga menga gol urish nasib qildi. Buning uchun barcha jamoadoshlarimga rahmat aytaman.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!