🏆 "Xayduk" muxlislari Konferensiyalar ligasi doirasidagi "Ayaks"ga qarshi o'yin oldidan o'zlarini eng yomon tomondan ko'rsatishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o'nlab muxlislar "Polyud" stadioniga ketayotib, antisemitizm va natsistik qo'shiqlarni kuylagani, jumladan, "Osvensim, Osvensim" va "O'rningdan tur, Adolf" deb hayqirgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Bundan tashqari, muxlislar ustiga "Ayaks" deb yozilgan tobutni namoyish etishdi, keyinchalik u shikastlangan.
Xorvatiya politsiyasi ushbu holatlarga juda jiddiy yondashmoqda. Mahalliy OAV xabarlariga ko'ra, mazkur hayqiriqlar yuzasidan allaqachon jinoiy tergov ishlari boshlangan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!