Jurnalist German Munyos sardorimizning shartnomasi borasidagi vaziyat haqida muhim ma'lumotlar bilan bo'lishdi:
Xose Gaya «Valensiya» safidagi o'yinlarini davom ettirish uchun o'z maoshini taxminan 70 foizga kamaytirishga hamon tayyor.
Ayni damda sardor 6 million yevro ishlab topadi, maosh qisqartirilgandan so'ng esa bu summa taxminan 2 million yevroni tashkil qiladi.
Qisqartirish shunchalik katta ko'lamdaki, La Liga klubning moliyaviy qoidalari va maoshlar limitiga qanday ta'sir qilishini tekshirish uchun maxsus baholash qo'mitasini tuzmoqchi.
Sport direktori Braulio Vaskes ushbu vaziyatdan to'liq xabardor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!