Xose Mariya Ximenes va uning o'g'lida DEHB aniqlandi
Депортиво А-Корунья ↗ ●●●●● Matbuot 👁 7

Xose Mariya Ximenes va uning o'g'lida DEHB aniqlandi

Xose Mariya Ximenesda DEHB (diqqat tanqisligi va giperaktivlik sindromi) aniqlandi. Bu holat uning o'g'lida ham bor.

Urugvaylik futbolchi bu haqda La opinion A Coruna nashriga bergan intervyusida batafsil gapirib o'tdi:

«Bolaligimda yaxshi o'qiganman, lekin xulq-atvorim bilan bog'liq muammolar bo'lgan. Bechoralar, o'qituvchilarimdan uzr so'rayman.

Sakkiz yoshli o'g'limga ham shunday tashxis qo'yishdi. Buning irsiy ekanligini bilganimda, yig'lab yubordim.

Ilgari bola shunchaki gapimga quloq solmayapti deb o'ylardim. Ma'lum bo'lishicha, uning miyasi boshqacha ishlar ekan. Endi unga biz o'ziga xos ekanligimizni tushuntirdim»

Oldinda ota va o'g'ilni terapiya kutib turibdi. Ruhiy salomatlik – bu muhim.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!