Xulian Alvares: «Atletiko»ga o'tishimga muxlislar va jamoa muhiti sabab bo'ldi»
Atléti Zone ↗ ●●●●● Matbuot 👁 11

Xulian Alvares: «Atletiko»ga o'tishimga muxlislar va jamoa muhiti sabab bo'ldi»

Xulian Alvares «Atletiko»ga o'tishi va yangi jamoasidagi dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

Men bu yerda bo'lishni anchadan beri xohlardim. Muxlislar qarshisida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Bu yerda terma jamoadagi ko'plab sheriklarim bor va bu ajoyib klub ekanligini bilaman.
Meni bu yerga kelishga ishontirgan narsa — klubda ishlaydigan insonlar bo'ldi. Chempionlar ligasida «Atletiko»ga qarshi o'ynaganimda, muxlislar va ularning jamoani qo'llab-quvvatlash uslubi... Bularning barchasi yakunda shu qarorga kelishimga turtki bo'ldi.
Men har doim bor kuchimni beradigan futbolchiman, bunga shubham yo'q. Futbolda yaxshi va yomon damlar bo'ladi, lekin men ushbu libos va nishonga 100 foiz sadoqatli bo'lishimni bilaman. «Atletiko» futbolchisi qanday mas'uliyatni his qilishi kerakligidan xabardorman.
Shu bois, ilk kundan boshlab muxlislar ishonchini oqlash uchun borimni beraman. Menga kelayotgan millionlab xabarlar va klubning menga bildirgan ishonchi uchun minnatdorman. Barchasini maydondagi o'yinim bilan oqlashga harakat qilaman.
Bu ajoyib bo'ladi. Rostini aytsam, libosni kiyib, maydonga tushishni kutyapman. Bu men uchun fantastik tajriba bo'lishini bilaman, chunki bu yerda bo'lishni anchadan beri orzu qilgandim. Muxlislar qarshisida o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman, AUPA ATLÉTI!
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!