Jerar Romero xabariga ko'ra, Xulian «Barsa»ga o'tish uchun bor kuchini ishga solishga tayyor. O'yinchi juda g'azablangan va xafa, chunki unga telefon orqali va'da qilingan uchrashuv amalga oshmadi. Unga «10-sana kuni gaplashamiz» deb aytishgan edi, ammo 10-sana kelganda hech qanday javob bo'lmadi.
Bugun Xulian Madridda o'z agenti bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv 2 soatdan ortiq davom etdi. Ular yuz bergan voqealardan so'ng keyingi qadamlarni rejalashtirib olish uchun ko'rishishdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!