Yan Diomande klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Real Madrid"ga o'tganimdan faxrlanaman, chunki bu dunyoning eng buyuk klubi. Hozirgi vaqtda har bir futbolchi "Real Madrid"da o'ynashni orzu qiladi. Shu bois maydonda bor kuchimni beraman.
Dunyoning eng yaxshi murabbiyi qo'l ostida to'p surish va dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bilan bir kiyim almashtirish xonasini bo'lishish — aqlbovar qilmas holat!
"Madrid" muzeyidagi 15 ta Chempionlar ligasi kubogi meni yana bir shunday sovrinni qo'lga kiritishga ilhomlantiradi. La Liga va Chempionlar ligasida o'ynashga juda motivatsiyalanganman. Bu sovrinlarni yutmoqchiman. Nega buni aynan kirib kelayotgan mavsumdayoq amalga oshirmasligimiz kerak?!"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!