💭⚽️ Yozua Kimmix:
To'g'risini aytsam, birinchi bo'lim unchalik yaxshi o'tdi deb o'ylamayman. Albatta, biz 2:0 hisobida oldinda edik. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Ammo ko'rsatgan o'yinimizga qaraydigan bo'lsak, hali bizdan juda ko'p mehnat talab qilinadi. Biz to'p bilan yetarlicha faol emasdik, bir-birimizni har doim ham yaxshi qo'llab-quvvatlay olmadik. Shuningdek, juda ko'p vaziyatlar o'tkazib yubordik, ayniqsa qanotlardan uzatilgan to'plarda. Bu borada sezilarli darajada o'sishimiz kerak. Qolaversa, ikkinchi bo'limda o'yinni nazorat qila olmadik va uni tinchlantira olmadik. Natijadan mamnunmiz, lekin o'yinimizdan unchalik emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!