Yunus Musa "Milan"ning "Venetsiya" ustidan qozongan 2:0 hisobidagi g'alabasidan so'ng DAZN nashriga o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
💬 Ikkinchi g'alaba haqida:
Men o'zimni ajoyib his qilyapman. Bizda ajoyib jamoa va maydonga aniq g'oyalar bilan chiqishimizga yordam beradigan murabbiy bor. Yakunda esa buni ko'rish mumkin.
💬 Murabbiy qo'l ostida nimalar o'zgargani haqida:
"Milan"da yaxshi damlarim bo'lgan, ammo keyin juda qiyin davrni boshdan kechirdik. Yaxshi damlarni unutmayman. Keyin ijaraga ketdim. Endi esa qaytdim va menda menga ishonadigan murabbiy bor. Shu ruhda davom etishni istayman.
👀 Bu haqiqatan ham sezilmoqda. Mavsumning dastlabki o'yinlarida Musa ancha xotirjam va ishonchli ko'rinmoqda, keraksiz xatolar soni esa sezilarli darajada kamaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!